Submissions

This journal is not accepting submissions at this time.

Author Guidelines

Mualliflarga qoʻllanma

Umumiy talablar

“Qishloq xoʻjaligi va veterinariya fanlarining dolzarb masalalari” elektron jurnalida texnika fanlari boʻyicha ilmiy maqolalar chop etiladi. Jurnalga oʻzbek, rus yoki ingliz tilida yozilgan maqolalar qabul qilinadi.

Jurnalga taqdim etilgan qoʻlyozmalar original va ilgari chop  etilmagan, dolzarb va ilmiy asoslangan boʻlishi talab etiladi. Maqolaning mazmuni va undagi fikrlar uchun mualliflar masʼul. Yuborilgan barcha maqolalar maxsus antiplagiat dasturida tekshirilib, taqrizchilar tomonidan tavsiya etilgandan keyingina chop etiladi.

Tahririyatga maqola qoʻlyozmasi bilan birga unga berilgan ijobiy taqriz;  talab qilinadi.

 

Maqola matnini rasmiylashtirish uchun qoʻyiladigan talablar

Maqolaning hajmi- kamida 5 bet (bunga annotatsiya va kalit soʻzlar kirmaydi), koʻpi bilan 15 betgacha boʻlishi lozim.

Maqolaning formati - A4 kitobiy (knijnaya), Microsoft Word (*.doc yoki *.docx) formatda boʻlishi kerak.

Matning yonlaridan qoldiriladigan oʻlcham – 2 sm.

Shrift– Times New Roman.

Maqola matni uchun shriftning kattaligi – 14, metamaʼlumotlar (annotatsiya, kalit soʻzlar)uchun –12.

Maqola matni uchun qatorlar oraligʻi– 1.

Xat boshi (abzas)– 1.

Maqola matni – kengligi boʻyicha (po shirine)  tekislangan boʻlishi kerak.

Sahifalar – raqamlanmaydi.

Har xil grafik va jadvallar oq-qora rangda boʻlishi talab qilinadi.

Maqola matnida foydalanilgan adabiyotlardan olingan materialga havola uning foydalanilgan adabiyotlar roʻyxatidagi tartib raqami va shu adabiyotga iqtibos material joylashgan bet qavs ichida, maqola matnining oʻzida alohida koʻrsatiladi (masalan: [1; 25–26-b.], bunda 1 adabiyotlar roʻyxatidagi tartib raqam, 25-26 adabiyotning beti).

 

Maqolaning tuzilishiga qoʻyiladigan talablar:

  1. Muallif(lar)ning familiyasi, ismi, otasining ismi, ish (oʻqish) joyi, ilmiy darajasi va unvoni oʻzbek, rus, ingliz tillarida sahifaning oʻng burchagida Times New Roman 14 shirftda.
  2. Maqolaning nomi-oʻzbek, rus va ingliz tillaridagi matni (hammasi bosh harflar bilan) Times New Roman 14 shriftda oʻrta kenglikda (po sentru) boʻlishi kerak.
  3. Annotatsiya-oʻzbek, rus va ingliz tillarida Times New Roman 12 shirft,
    1 interval oraliqda) yozilishi kerak. Soʻzlar soni 30-50tani tashkil etishi kerak.
  4. Kalit soʻz va iboralar – (5-10 ta soʻz) uch tilda – oʻzbek, rus, ingliz tillarida beriladi.
  5. Maqolaning matni (IMRAD talabi, yaʼni 1) Kirish, 2) Adabiyotlar tahlili va metodologiya, 3) Muhokama, 4) Natijalar, 5) Xulosa) boʻyicha rasmyilashtirilgan boʻlishi kerak.
  6. Adabiyotlar roʻyxati. Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati alifbo tartibida, Times New Roman 14 shriftda koʻrsatilishi lozim. Faqatgina maqolada foydalanilgan adabiyotlar keltirilishi kerak.

Articles

Section default policy

Privacy Statement

Имена и адреса электронной почты, введенные на сайте этого журнала, будут использованы исключительно для целей, обозначенных этим журналом, и не будут использованы для каких-либо других целей или предоставлены другим лицам и организациям.