About the Journal
«Agrovetscience.uz- Qishloq xoʻjaligi va veterinariya fanlarining dolzarb masalalari» ilmiy-amaliy elektron jurnal boʻlib, u rasman ommaviy axborot vositasi sifatida 2023-yil 30-sentyabr kuni C-5669369-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan. Jurnal 2024-yildan boshlab chop etiladi.
Nashrning tili
Jurnal va undagi makolalar oʻzbek, rus va ingliz tillarida chop etiladi.
Jurnalning boʻlimlari – nashrda:
Qishloq xoʻjaligi va veterinariya fanlari boʻyicha maqolalar chop etiladi.
Jurnalning foydalanish uchun ochiqligi
Jurnal nashr etilgan sonlari va undagi maqolalar foydalanish uchun ochiq va bepul. Eʼlon qilingan nashrlar agrovetscience.uz saytining arxiv boʻlimida joylashtirilgan.
Taqrizlash siyosati
Tahririyatga kelib tushgan barcha maqolalar maxsus antiplagiat dasturida tekshirib chiqiladi hamda maqola qoʻlyozmasi muallif koʻrsatilmagan holda taqrizlash uchun yuboriladi.
Nashrning davriyligi
Jurnal qoida tariqasida bir oyda bir marotaba chop etiladi. Shuningdek, tahririyat tavsiyasiga koʻra, jurnalning qoʻshimcha va maxsus sonlari ham chop etilishi mumkin.
ISSN:
Nashrning xalqaro standartlar asosida boʻlishini taʼminlash maqsadida unga ISSN raqami olingan.
Crossref DOI:
Tahririyat Crossref DOI ning rasmiy aʼzosi hisoblanadi va 10.47.390 DOI prefiksiga ega. Har bir nashr va ilmiy maqolaga individual Crossref DOI raqami beriladi.
Muassis:
“SCIENCEPROBLEMS TEAM” masʼuliyati cheklangan jamiyati.